Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd eta boshlashi haqidagi xabar rad etildi

Kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd eta boshlashi haqidagi xabar rad etildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 maydan boshlab kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd qilishni boshlashi haqida xabarlar tarqaldi.

Holatga Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

«Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan asoslantirilmagan, ya’ni transport vositasi haydovchisi harakat davomida OGOHLANTIRUVChI IShORALARINI yoqmasdan manyovrni (o‘nga yoki chapga qayrilsa) amalga oshirsa kameralar tomonidan qoidabuzarlik sifatida qayd etilib jarimaga sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmasliklarini so‘raymiz.

Yolg‘on axborotni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring