Eng yaxshi kamerali smartfonlar (top-12, Tech Spurt)

YouTube videoxostingidagi nufuzli sharhlovchi Tech Spurt 2025-yil boshi uchun kamerasi eng yaxshi 12 smartfon reytingini tuzdi.
Ro‘yxatning eng tepasidan Pixel 9 joy oldi. Oddiy modeli 2024-yilning eng yupqa smartfonlaridan, Pro talqini esa yaxshilangan variant, Pixel 9 Pro XL esa katta smartfonlarni istovchilar uchun. Har uch smartfonda asosiy kamera 50 Mp, ultrakeng burchakli kamera 48 Mp, Pro-versiyasi telefotoob’yektivga ham ega, RAW formatidagi tasvirlarni qo‘llaydi.
Bundan ham arzonrog‘i kerak bo‘lsa, unda Pixel 8a eng yaxshi tanlov. Protsessori kuchli, dasturiy yangilanishlar ta’minoti muddati uzoq, asosiy kamerasi 64 Mp, ultrakeng burchakli kamerasi 13 Mp, sun’iy intellekt qo‘llovi mavjud.
Yetakchi uchlikka Huawei Pura 70 Ultra flagmani ham kiritildi.
Kamerasi eng yaxshi smartfonlar (top-12, Tech Spurt):
- Pixel 9 (Pro, Pro XL)
- Pixel 8a
- Huawei Pura 70 Ultra
- Oppo Find X8 Pro
- Samsung Galaxy S24 Ultra
- Vivo X200 Pro
- OnePlus 13
- Xiaomi 14
- Xiaomi 14 Ultra
- Sony Xperia 1 VI
- Honor Magic 6 Pro
- iPhone 16 Pro Max
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter