Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qodirov AQSh davlat kotibini qotillikka buyurtma berishda aybladi

Qodirov AQSh davlat kotibini qotillikka buyurtma berishda aybladi

Foto: «Yandex.ru»

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirishga buyurtma berganlikda aybladi. Qoratanlining halok bo‘lishi oqibatida mamlakatda norozilik aksiyalari va ommaviy tartibsizliklar avj oldi. Bu haqda siyosatchi «Grozniy» efirida e’lon qildi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlarni ukrainalik maxsus xizmat xodimlaridan olgan. Uning ta’kidlashicha, buyurtma qotillikdan ko‘zlangan maqsad AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning davlat rahbari lavozimi uchun poygada yengilishi bo‘lgan.

Avvalroq Chechenistonda Pompeo boshchilik qilayotgan davlat departamenti bosh terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilindi. Respublika rahbari va uning oilasi AQSh qora ro‘yxatiga kiritilgandan so‘ng musulmonlar diniy idorasi shunday bayonot bilan chiqdi. Musulmonlar diniy idorasining fikricha, bu chora butun chechen xalqiga qarshi qaratilgan.

20-iyul kuni Pompeo Qodirovni respublikada inson huquqlarining buzilishida aybladi. AQSh davlat kotibi Checheniston rahbariga nisbatan cheklovlar joriy etilganini e’lon qildi — jumladan, uning mamlakat hududiga kirishi taqiqlanadi.

Floyd politsiyaning qo‘pol hibsga olishi natijasida vafot etgan. Shundan so‘ng AQShda tartibsizliklar avj oldi: politsiya shafqatsizliklariga qarshi Los-Anjeles, San-Fransisko, Denver, Nyu-York, Indianapolis, Boston va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring