Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni 180 kunga to‘xtatdi

AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni 180 kunga to‘xtatdi

AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni ushbu mamlakatga elektr energiyasi, suv va gumanitar yordam bilan ta’minlash maqsadida 180 kunga to‘xtatdi.

Bu haqda 23-may kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.

«Prezidentning Suriyadagi sanksiyalarni yumshatish haqidagi va’dasiga muvofiq, «Sezar akti»ga asoslanib, men sanksiyalarni 180 kunga to‘xtatish haqidagi hujjatni imzoladim», – dedi u AQSh Davlat departamenti saytida chop etilgan bayonotda.

Uning ta’kidlashicha, bu harakatlar mamlakatlar o‘rtasidagi yangi munosabatlar yo‘lidagi birinchi qadamdir. Rubioning qayd etishicha, Tramp shu tariqa Suriya hukumatiga ham mamlakat ichida, ham chet elda tinchlik va barqarorlikni targ‘ib qilish imkoniyatini berdi.

Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi kengashi yig‘ilishidan so‘ng Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Ittifoq davlatlari Suriyaga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy sanksiyalarni butunlay bekor qilishga qaror qilganini aytgan edi. Keyinroq Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan al-Shiboniy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Yevropa Ittifoqiga sanksiyalarni bekor qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring