Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist va blogerlar uchun tanlov o‘tkaziladi

Jurnalist va blogerlar uchun tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 5 dekabr — Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov «Raqobat bilan rivojlanish sari» mavzusida bo‘lib, ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha saralab olinadi:

— «Eng yaxshi reportaj» (televideniye yo‘nalishida);
— «Eng yaxshi maqola» (bosma nashr yo‘nalishida);
— «Eng yaxshi maqola» (internet yo‘nalishida);
— «Eng ommabop va qiziqarli blogpost» (blogerlik yo‘nalishida).

Materiallar 30 noyabrgacha [email protected] elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari 6 dekabr kuni tantanali ravishda e’lon qilinadi. G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

Batafsil ma’lumot uchun: (71) 207 47 00 (225)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring