«Sabriya» serialining Kinematografiya agentligiga aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi
O‘tgan kunlar davomida «Sevimli» telekanalida namoyish etilgan «Sabriya» serialidagi sahna ko‘rinishi yuzasidan turli e’tirozlar bo‘lgan edi. Kinematografiya agentligi ushbu serialga aloqasi borligi haqidagi xabarlarni inkor etib chiqdi va rasmiy bayonot berdi.
«So‘nggi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan «Sabriya» teleseriali Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmagan va davlat mablag‘lari yuqoridagi serialga yo‘naltirilmagan. Mazkur serialning Kinematografiya agentligiga aloqasi yo‘q.
Ushbu seriallar xususiy studiyalar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarilgan va Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan. Agentlik Badiiy kengashi davlat buyurtmasiga binoan suratga olingan mahsulotlarni hamda kinoteatrlarda namoyish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilingan filmlarnigina ko‘rib chiqish vakolatiga ega.
Agentlik bu kabi barcha ayblovlarni inkor qiladi va omma fikrini chalg‘itmaslikka chaqiradi», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu serial bo‘yicha yuzaga kelgan holatdan so‘ng «Sevimli» telekanali ta’sischilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo‘jayev va bosh muharrir Q.Saydaliyevni o‘z vazifasidan ozod etish qarori qabul qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter