JSST pandemiyaning ikkinchi to‘lqini va uning dahshatli oqibatlari haqida ogohlantirdi

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bersa, dunyoda millionlab odamlar vafot etishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktorining strategik masalalar bo‘yicha yordamchisi Raneri Gerra ma’lum qildi.
U koronavirus pandemiyasini XX asr boshlaridagi «ispan grippi»ga qiyoslab, pandemiya xuddi «JSST kutgandek avj olayotganini» aytgan.
— «Ispan grippi» ham o‘zini hozirda koronavirus kabi tutgan. 1918 yilning yozida u biroz pasaygan va sentyabr-oktyabr oylarida keskin avj olgan hamda uning ikkinchi to‘lqinidan 50 million kishi halok bo‘lgan. Pandemiya o‘zini biz kutayotgandek tutmoqda», — deydi Gerra.
JSST vakilining bu bayonoti Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalarida karantin cheklovlari yumshatilayotgani sabab e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter