JSST koronavirusga chalinganlar soni 100 milliondan oshganini tasdiqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda 100 million kishi koronavirus bilan kasallanganini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot saytida aytilgan.
JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, 100 200 107 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. 2,1 milliondan ortiq odam COVID-19 pnevmoniyasi asoratlaridan vafot etdi. Eng ko‘p kasallanishlar holati AQSh (25 million bemor), Hindiston (10,7 million bemor), Braziliyada (9 million bemor) qayd etilgan.
Jons Xopkins universiteti va «Worldometer» COVID-19ga chalinganlar soni 100 million kishidan oshgani haqida 26-yanvar kuni ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas