JSST hind vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistonning Covovax vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi.
«Hatto yangi shtammlar paydo bo‘layotganiga qaramasdan, vaksinalar SARS-COV-2 oqibatidagi og‘ir kasallanishlar va o‘lim holatlaridan odamlarni himoyalashning eng samarali vositalaridan biri bo‘lib qolyapti», — dedi JSST bosh direktorining dori vositalari va tibbiyot anjomlarini qayta malakalash va baholash masalalari bo‘yicha yordamchisi Mariangela Simao.
Hindiston vaksinasiga ruxsat berilishi past daromadli mamlakatlarda vaksinatsiyalash imkoniyatini kengaytiradi, ta’kidladi Simao.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter