Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «sehrgar» ushlandi, undan hokim va deputat bo‘lishni so‘raganlar ham bor

Jizzaxda «sehrgar» ushlandi, undan hokim va deputat bo‘lishni so‘raganlar ham bor

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hamkorlikda Jizzax shahri, Turon MFY, Sayiljoyi ko‘chasida yashovchi shaxsning xonadonida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Xabar qilinishicha, fuqaro norasmiy faoliyat bilan shug‘ullanib, go‘yoki turli xil duolar bilan odamlarning ishini yaxshilab, ularni sehr-jodu qilib kelgani aniqlandi.

Mazkur holat xolislar ishtirokida o‘rganilishi natijasida, «sehrgar»ning yashash xonadonida 12 nafar fuqaro navbat kutib turgani aniqlangan. Sehr-jodu bilan shug‘ullangan shaxsning 5 ta yon daftaridan esa «mijozlar»ning yuzdan oshiq fotosurati topildi. Ushbu fotolarga «mijoz» nima maqsadda kelgani yozilgan va ayrim suratlar pichoq yordamida kesilgan. Bundan tashqari nashriyoti ko‘rsatilmagan diniy mazmundagi 5 ta kitob, 1 ta ot qamchisi, 9 ta turli ko‘rinishdagi oshxona pichoqlari hamda 110 000 ming so‘m pul borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek ushbu yashash honadonida turli xil yoshdagi fuqarolarga noqonuniy diniy saboq berib kelingan.

Soxta domlaning shogirdlari orasida Forish tumanining Ilonchi QFYda yashovchi maktab o‘quvchisi ham bo‘lgani aniqlandi. E’tiborli tomoni, sehr-joduni kasb qilib olgan ushbu shaxsning daftarida hokimlikka va deputatlikka da’vo qilganlarga tegishli qaydlar ham bor.

Sud huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34-moddasiga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring