Jizzaxda qarovsiz itlarga vahshiylik qilganlarga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Jizzax viloyatida qarovsiz qolgan itlarga vahshiylik qilinmoqda» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan izoh berildi.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB va Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 yanvar kuni soat 12:10 atrofida tuman obodonlashtirish boshqarmasi «Yovvoyi hayvonlarni tutish brigadasi» xodimlari, Sharof Rashidov tumani «Yangi hayot» MFYda yashovchi I.U hamda «Uchtepa» MFYda yashovchi B.Alar tomonidan huquqbuzarlik aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 53 va 185-moddalariga asosan javobgarlik belgilangan.
Hozirda ish sudga oshirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter