Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda polietilen paketda o‘lik chaqaloqlar topildi

Jizzaxda polietilen paketda o‘lik chaqaloqlar topildi

Do‘stlik tumani, Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan O‘.R. «Oqoltin ostonasi ko‘rki» fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonida sumka ichida qora rangli politielen paketga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub egizak chaqaloqlarni o‘lik holda topganini hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga ma’lum qilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqlarni Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 1998 yilda tug‘ilgan X.G. tug‘ib tashlab ketgani aniqlandi.

Surishtiruv olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Manba: jiib.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring