Jizzaxda chiqindi tashuvchi mashina gaz balloni portladi, ikki kishi og‘ir ahvolda

Jizzax shahrida «Toza hudud» DUKka qarashli chiqindi tashuvchi maxsus avtomobilning gaz balloni portlab ketdi.
Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Voqea 13-aprel kuni tongda Mustaqillik ko‘chasida ro‘y bergan. Haydovchining aytishicha, u gaz ballonini to‘rt oycha avval o‘rnatgan.
Portlash sabab piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ikki kishi og‘ir tan jarohati olgan, uch avtomobilga ham jiddiy zarar yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter