Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarimani 15 kun ichida to‘laganlarga chegirma belgilandi

Jarimani 15 kun ichida to‘laganlarga chegirma belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonun (O‘RQ-612-son, 17.03.2020-y.) Prezident tomonidan imzolangani xabar qilingandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Soddalashtirilgan tartib quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

  • ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
  • jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring