JAR Isroilga jiddiy ayb qo‘yib, Xalqaro sudga berdi
Janubiy Afrika Respublikasi Isroil ustidan genotsid ayblovlari bo‘yicha Xalqaro sudga ariza topshirdi.
«Janubiy Afrika Isroilni Genotsid konvensiyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzganlikda aybladi va G‘azo sektorida falastinliklarni yo‘q qilish uchun aniq maqsad bilan sodir etgan harakatlari genotsid ekanligini ta’kidlaydi», — deyidi Xalqaro sud xabarida.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azoda 21 507 kishi halok bo‘lgan. BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida kamida 308 kishi tashkilotning boshpanalarida bo‘lgan.
Isroil Janubiy Afrikaning da’volarini rad etmoqda.
«Isroil xalqaro huquqqa sodiqdir va unga muvofiq harakat qiladi va harbiy sa’y-harakatlarini faqat HAMAS va u bilan hamkorlik qiluvchi boshqa terroristik tashkilotlarga qarshi yo‘naltiradi», - deyiladi Isroil bayonotida.
CNN va Synthetaic sun’iy intellekt kompaniyasi tahliliga ko‘ra, G‘azo sektorida qo‘llanilgan ko‘plab bombalar ham me’yoridan katta bo‘lib, 300 metrdan uzoqroqdagi odamlarni o‘ldirishi yoki jarohatlashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter