JAR Isroil elchisiga «dakki berdi»
Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisi Eliavu Belotserkovskiyni vazirlikka chaqirdi va G‘azo sektoridagi vaziyat va Janubiy Afrika tashqi siyosatiga oid so‘nggi bayonotlarni qabul qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, Janubiy Afrika tashqi ishlar vazirligi boshlig‘i Pane Dangor Yaqin Sharqdagi o‘zgarishlar, xususan, G‘azo sektoriga qilingan hujumlar yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan.
Dangor, shuningdek, Janubiy Afrika HAMAS hujumini qoralaganini, ammo Isroilning javobi noqonuniy ekanini aytdi.
JAR Tashqi ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, mamlakat Xalqaro jinoiy suddan Isroil rahbariyatining harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid ayblovlari bo‘yicha harakatlarini tekshirishni xohlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter