Janubiy Koreyada koronavirusdan o‘lim soni keskin ko‘paydi
Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirish kunlik ko‘rsatkichlari pasaymoqda, biroq kasallikni og‘ir o‘tkazayotganlar va o‘lim topayotganlar statistikasi anchayin tashvishli. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Kasalliklar nazorati va profilaktikasi agentligi (KDCA) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida mamlakatda 6 919 kishida koronavirus aniqlandi. Xuddi shu kuni pandemiya boshlanganidan beri eng ko‘p o‘lim holati kuzatildi — 109 nafar bemor vafot etgan.
So‘nggi 24 soat mobaynida Koreya Respublikasida 12 kishida «omikron» aniqlanib, ushbu shtammni yuqtirganlar soni jami 246 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter