Jamoat transportida yuruvchilarga tibbiy qo‘lqop bepul tarqatiladi
Joriy yil 19-oktyabridan Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etilmoqda.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bunda tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etiladi.
Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.
«Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir» - deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, yangi tartib tarmoqda jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter