Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faxriy donor» ko‘krak nishoni egalariga jamoat transportlari bepul bo‘lishi mumkin

«Faxriy donor» ko‘krak nishoni egalariga jamoat transportlari bepul bo‘lishi mumkin

«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish, sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqini berish kabi imtiyozlar nazarda tutilmoqda.

SSV tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va ayni vaqtda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasida ushbu yangilik ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish hamda qon donorlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qonun loyihasi bilan, «Faxriy donor» ko‘krak nishoni egalariga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori oshirilmoqda.

Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring