Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga Latipov Hikmatillo Abdulhamidovich tayinlandi.

Tayinlovga qadar Hikmatillo Latipov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Jalaquduqqa 6 oy hokimlik qilgan Furqat Buzrukov avvalroq ishdan ketgani aytilgandi.

Bugun, shuningdek, Andijon viloyatining Asaka va Xo‘jaobod tumanlariga ham hokimlar tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring