Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nargiza Jaksibayeva Osiyo chempioni bo‘ldi

Nargiza Jaksibayeva Osiyo chempioni bo‘ldi

Yosh qilichbozlar xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Hafta yakunida hamyurtlarimiz nufuzli musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Bahraynda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yana bir oltin medal qo‘lga kiritildi. Sablya qurolida o‘smir qizlar toifasida kechgan bahsda jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibayeva barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Tbilisi (Gruziya) mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida rapirachi qizlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga ko‘tarilishdi. Yarim finalda Polshaga imkoniyatni bergan qizlarimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda gonkonglik tengqurlaridan ustun kelib, bronza medallariga egalik qilishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring