Jahonning eng qimmat brendi o‘zgardi
Amazon, Appleni ortda qoldirib, Brand Finance Global 500 yangilangan reytingining eng qimmat brendiga aylandi. Holbuki, 2022-yil davomida Jeff Bezosning kompaniyasi (Amazon) brendi o‘z qiymatidan 51 milliardini yo‘qotgandi (350,3 mlrd dollardan 299,3 mlrd dollargacha).
Apple brendi esa 16 foiz arzonlashib, endilikda 297,5 mlrd dollarga baholanyapti.
Uchinchi o‘rinda — Google (281,4 mlrd dollar), keyingi o‘rinlarda: Microsoft (191,6 mlrd dollar) va Walmart (113,8 mlrd dollar).
Twitter va Snapchat ushbu reytingdan tushib ketgani bois, reytingdagi texnologiya kompaniyalari soni 50 tadan 48 taga kamaydi.
Elektromobillar ishlab chiqaruvchi ikki raqobatchi eng tez rivojlanayotgan brendlar qatoriga kirdi: Tesla (reytingda 9-o‘rinda, 66,2 mlrd dollar) hamda Xitoyning BYD konglomerati (199-o‘rin).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter