Amazon ilk internet-yo‘ldoshlarini fazoga olib chiqdi

Ilon Maskning Starlink yo‘ldoshlariga fazoda raqib paydo bo‘ldi — Amazon kompaniyasi Kuiper loyihasi doirasida fazoga ilk internet-yo‘ldoshlarini olib chiqdi.
United Launch Alliance kompaniyasining Atlas V raketa-tashuvchisi orbitaga 27 ta yo‘ldoshni olib chiqdi. Amazon yaqin yillar mobaynida Yerning quyi orbitasiga jami 3 236 ta yo‘ldoshni joylashtirishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun: SpaceX kompaniyasi Starlink yo‘ldoshlarining ilk partiyasini 2019-yilda fazoga olib chiqqan — hozir orbitada bu qurilmalar soni 6 750 dan ziyod.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter