Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempioni Toshkentda kutib olindi (foto)

Jahon chempioni Toshkentda kutib olindi (foto)

Foto: olympic.uz

26-30 dekabr kunlari Polshada o‘tkazilgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlar bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, rapid dasturida chempionlikni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov va terma jamoamizning boshqa vakillari Toshkentga qaytib kelishdi.

Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan qahramonlarimizni kutib olish uchun OAV, muxlislar va shaxmatchimizning yaqinlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov rapid dasturida Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy kabi jahon shaxmat ustalarini mag‘lub etib, ushbu yo‘nalishda chempionlikni qo‘lga kiritgan dunyoning eng yosh grossmeysteriga aylandi.

Shuningdek, mazkur musobaqada yana 3 nafar vakilimiz ham ishtirok etib, kuchlilar qatorida e’tirof etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring