Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Izboskan hokimi bir kunda 49 ta yer maydonini hokimlik balansiga o‘tkazdi

Izboskan hokimi bir kunda 49 ta yer maydonini hokimlik balansiga o‘tkazdi

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov 22 aprel kuni 49 ta yer maydonini hokimlik nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi 49 ta qarorni imzolagan.

Har bir qarorda tumandagi bir necha mahalla hududida joylashgan har xil hajmdagi bo‘sh yer maydonlari Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasidan davlat mulki sifatida Izboskan tuman hokimligi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish so‘ralgan.

Qarorga «Tumandagi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha onlayn auksioniga yer maydonlarini joylashtirish to‘g‘risida» deb yozilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring