Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat: «Excel» sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash usuli

IT-maslahat: «Excel» sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash usuli

Kollaj: «Xabar.uz»

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, «Excel»ning u yoki bu fayli bilan ishlash paytida, biz fayldagi sahifalar (listi) yoki kitob (kniga)ning o‘ziga himoya (parol) o‘rnatamiz. Agar parol oddiy bo‘lsa, ko‘pgina hujjatlarda qo‘llansa yoki biror joyga yozib qo‘yilgan bo‘lsa, tabiiyki, blokdan chiqarishda muammo tug‘dirmaydi. Lekin parol haqidagi yozuv yo‘qolgan, parol ancha oldin o‘rnatilgan yoki biz uni eslay olmasak nima qilishimiz kerak?

«IT-spec» kanali bunday holatda faylingizdagi o‘rnatilgan parollarni tez va oson o‘chirib beruvchi, murakkab bo‘lmagan makrosdan (faylni yuklab olish) foydalanishni taklif etadi. Parollar quyidagilardan o‘chiriladi:

1) Kitobning barcha sahifalaridan (agar ularga himoya o‘rnatilgan bo‘lsa);

2) Kitobning o‘zidan (agar «Excel» fayliga himoya o‘rnatilgan bo‘lsa).

Makrosdan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1) «Snyat zaщitu s fayla» tugmasi bosiladi:

2) Paydo bo‘lgan oynada parolning aynan o‘zingizning faylingizdan o‘chirilishi tasdiqlanadi:

3) «OK» tugmasini bosganimizdan so‘ng, ochilgan muloqot oynasida himoyasini olib tashlash lozim bo‘lgan «Excel» fayli tanlanadi:

Makros ishining natijasi sifatida sahifalar va kitobdagi o‘rnatilgan parolsiz yaratilgan yangi fayl (siz tomondan ko‘rsatilganining aniq nusxasi) bo‘ladi. Ushbu fayl papkadagi asl (siz tomondan tanlangan) faylning yonida saqlanadi va ushbu faylning nomlanishida «NotProtectionFile» matni mavjud bo‘ladi. Misol uchun:

Makros «xlsx» va «xlsm» kengaytmali «Excel» fayllaridan himoyani muvaffaqiyatli olib tashlaydi. Bunda «Excel» versiyasining (2007, 2010, 2013, 2016) ahamiyati yo‘q. «xls» va «xlsb» fayllarini makros tomonidan qo‘llab‑quvvatlanadigan formatga («xlsx»/«xlsm») qayta saqlash orqali, bu turdagi fayllardan ham himoyani muvaffaqiyatli olib tashlash mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, buning hech qanday murakkab joyi yo‘q. «Excel» hujjatlaridagi himoya – bu ogoh bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ishlaydigan, qaysidir ma’nodagi afsonadir. Shuning uchun, agar siz qandaydir hisobotlar, maxfiy ma’lumotli fayllarni yuritsangiz yoki to‘liq foydalanishni bloklash orqali uchinchi shaxslarga shakllantirilgan hujjatlarni uzatib kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin ushbu faktni inobatga olasiz, degan umiddamiz.

Yana bir bor eslatamiz. O‘z parollaringizni tiklashingiz – bu legal amal hisoblanadi. Begona fayllardagi parollarni, ularning egasi ruxsatisiz buzish esa – ta’qiqlangandir!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring