Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilning eng yomon parollari

2019-yilning eng yomon parollari

Foto: «Proglib.io»

Mustaqil tadqiqotchilar 2019-yilning eng ommalashgan va eng zaif parollari ro‘yxatini tuzishdi, deb xabar berdi «Kp.ru». Ma’lumotlarni himoyalash uchun ushbu harf va raqamlar ketma-ketligidan juda ko‘p foydalanilgani uchun ham ularni buzish xakerlar uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Zaif parollar ro‘yxati axborot chiqib ketishi va buzilishi oqibatida internetda shakllangan bazalar asosida tuzildi. Tadqiqotda 500 milliondan ortiq kod variantlari ko‘rib chiqildi.

Raqamli texnologiyalar har qancha taraqqiy etgani bilan odamlar hamon shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashda «12345» kombinatsiyasidan foydalanishmoqda. Bu parolni buzish uchun xakerga bir soniya ham ketmaydi. Eng ko‘p ishlatiluvchi parollar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda — «111111» hamda «123321».

2019-yilning eng yomon 10 paroli

Qolaversa, keng tarqagan ayollar ismlari (Nikol, Jessika, Hanna kabi), klaviaturada gorizontal yoki vertikal joylashgan harflar kombinatsiyalari (asdfghjkl, qazwsx, 1qaz2wsx) yoki shunchaki «parol» («password») so‘zidan foydalanuvchilar ham oz emas. Mana shu oxirgi «parol» so‘zini hamon 830 846 kishi «qalqon» sifatida ishlatmoqda (ha, ULAR buni bilishadi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring