Golland xakeri Trampning tvitter-akkaunti parolini ma’lum qildi
Niderlandiyaning «de Volkskrant» nashri xabar berishicha, kibermutaxassis Viktor Gevers AQSh prezidenti Donald Trampning tvitter-akkaunti parolini bilishga muvaffaq bo‘ldi. Akkauntga kirish qiyinchilik tug‘dirmagan, Gevers beshinchi urinishdayoq parolni to‘g‘ri topgan.
Gevers parol juda oddiyligini aytdi: maga2020! — bu MakeAmericaGreatAgain so‘zlarining qisqartmasi.
Kibermutaxassis kirishga urinishida bloklashlarini yoki tasdiqlovchi ma’lumot so‘ralishini kutgan, ammo bunday bo‘lmadi, prezident akkaunti hatto ikki bosqichli autentifikatsiya tizimi bilan ham himoyalanmagan ekan!
Viktor Gevers Trampning tvitterini 16-oktyabrda buzganini, ertasi kuni o‘zi bilan bog‘langan AQSh maxfiy xizmatlariga kerakli ma’lumotlarni taqdim etganini aytgan.
Biroq Oq uydagilar niderland xakerining iddaolarini rad etmoqda — barchasi yolg‘on!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter