Istanbul meri sud tomonidan qamoqqa olindi

Korrupsiyada ayblangan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li qamoqqa yuborildi.
Istanbul sudi shahar meri Ekrem Imomo‘g‘lini hibsga oldi. Istanbul prokurorlari uni jinoiy tashkilotga rahbarlik qilish va unda qatnashish, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi bir qancha moddalarda ayblamoqda. Shahar hokimi bu ayblovlarni rad etmoqda.
Imomo‘g‘lining hibsga olinishi muxolifat uni 2028 yilga mo‘ljallangan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ko‘rsatishidan bir necha kun oldin sodir bo‘lgan.
Turkiyada 19 martdan beri Imomog‘luning ta’qib qilinishiga qarshi namoyishlar to‘xtamayapti. Bir kechada butun mamlakat bo‘ylab 300 dan ortiq namoyishchi qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter