Isroil haqida post qo‘ygan futbolchiga jazo berildi
Fransiyaning «Nitssa» klubi himoyachisi Yusuf Atal ijtimoiy tarmoqlarda Isroilga qarshi post qo‘ygani sababli sakkiz oylik shartli qamoq va 45 ming yevro miqdorida jarimaga hukm qilindi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Atal etnik adovat qo‘zg‘atishda ayblanmoqda.
Ushbu jazoirlik futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumida oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu futbolchi Falastinni qo‘llab-quvvatlab post yozgani sababli mashg‘ulotlardan chetlatilgan va uzr so‘rab chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter