Islandiyada otilgan vulqon lavalari aholi uylariga yaqinlashmoqda
14-yanvar kuni ertalab Islandiya janubi-g‘arbidagi Reykyanes yarim orolida vulqon otildi.
Mamlakat milliy teleradiokompaniyasi RÚV’ning xabar berishicha, vulqon otilishdan oldin 200 dan ortiq yer silkinishlari sodir bo‘lgan.
14-yanvarga o‘tar kechasi ham qayd etilgan seysmik faollikdan so‘ng vulqon otilishi xavfi tufayli rasmiylar vulqon yonida joylashgan Grindavik shahri aholisini oldindan evakuatsiya qilgan. Hozirda shaharda elektr energiyasi uzilgan.
Vulqon lavalari Grindavik tomon oqmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir u shaharning shimoliy chekkasidagi uylardan 400-500 metr uzoqlikkacha kelgan.
Ma’lumot uchun, 3500 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan Grindavik Islandiya poytaxti Reykyavikdan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. 2023-yil noyabr oyida ham Grindavik aholisi vulqon uyg‘onishi xavfi tufayli evakuatsiya qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter