Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Islandiyadagi ilk elchisi mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Islandiyadagi ilk elchisi mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov (qarorgohi London shahrida joylashgan) Islandiya prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

«Dunyo» AAning xabar qilishicha, rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Islandiya prezidenti ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor O‘zbekiston elchisining ushbu mamlakatga tayinlanishi, hech shubhasiz, oxirgi yillarda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning natijasi ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Islandiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Islandiya yetakchisi energetika, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, baliqchilik, turizm hamda atrof-muhitni himoya qilish kabi sohalardagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottir O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga farovonlik hamda bardavom taraqqiyot, O‘zbekiston elchisining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yo‘lidagi ishlariga esa muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Islandiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 25-sentyabrda o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring