Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Etna vulqoni otilishi Sitsiliyadagi sayyohlar orasida vahimaga sabab bo‘ldi

Etna vulqoni otilishi Sitsiliyadagi sayyohlar orasida vahimaga sabab bo‘ldi

Kecha, 2-iyun kuni Sitsiliya orolining sharqiy qismida joylashgan Etna vulqoni yana faollashdi. Kraterdan quyuq tutun, kul va lava otilib chiqqan. Italiya Geofizika va vulqonshunoslik instituti bu holat janubi-sharqiy krater qisman qulagani ortidan yuzaga kelganini ta’kidlamoqda.

Olimlar bu — vulqonning oxirgi oylarda qayd etilgan 14-otilishi ekanini qayd etdi. Otilish aholiga xavf solmayapti, biroq xavfsizlik chorasi sifatida Etna cho‘qqisi atrofi sayyohlar uchun vaqtincha yopib qo‘yildi.

Kataniya xalqaro aeroportida xavfsizlik darajasi oshirildi, ammo reyslar jadvalida o‘zgarish yuz bermadi. Vulqon atrofidagi aholi va sayyohlarga esa hushyorlik tavsiya etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring