Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishlab chiqaruvchilarga yordam: Davlat raqamli markirovkaning joriy etilishini qanday qilib amalga oshiradi?

Ishlab chiqaruvchilarga yordam: Davlat raqamli markirovkaning joriy etilishini qanday qilib amalga oshiradi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 149-son qaroriga asosan, 2022-2025 yillar mobaynida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Farmatsevtika bozorini raqamlashtirilishi boshlanishi 1 sentyabrga belgilangan. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, raqamli markirovkalash tizimi operatori «CRPT Turon» MChJ, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, texnik jihatdan tartibga solish va integratorlar agentligi (markirovkalash uskunalarini o‘rnatuvchilar) mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tegishli joylarda bo‘lib, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishda markirovkalash tizimini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda yuzaga kelayotgan moliyaviy-iqtisodiy muammolarni o‘rganib chiqdi.

9 iyun kuni ishchi guruh o‘z ishini Toshkent viloyatidan boshladi. Sayohatlar davomida 2 ta mahalliy korxona – «Remedy» MChJ va «Remedy Group» MChJ’ning ishlab chiqarish maydonlari ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh tarkibiga «CRPT Turon» MChJ markirovkalash tizimi operatorining 2 nafar mutaxassisi – Operatsion direktori Oleg Kuzmin va Farmatsevtika guruhi menejeri Diyor Rasulev kirdi.

«Ishchi guruh tarkibiga Farmatsevtika agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tizim operatori «CRPT Turon» MChJ, Sanoat palatasi, «O‘zstandart» agentligi, shuningdek, 3 ta integrator kompaniya vakillari kiritildi (ular markirovkalash uchun texnik va operativ yechim taklif etadi) – ulardan ikkisi rus va biri hind integratoridir. Biz mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarning 1 sentyabrdan majburiy markirovkalashni boshlashga tayyorligini tekshirmoqdamiz. Sayohatlar doirasida zavodlarga tashrif buyuramiz. Bizning asosiy vazifamiz – ular yirik yoki o‘rta bo‘lsin, iloji boricha ko‘proq ishlab chiqaruvchilarga tashrif buyurishdir», — dedi Oleg Kuzmin.

Jadvalga ko‘ra, guruh ishi 9 iyun kuni boshlangan va 2 hafta davom etgan. Jami 13 ta sayyor yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Birinchi haftada guruh «Remedy» MChJ, «Remedy Group» MChJ, «NAVBAHOR Sanoat» MChJ, «Dentafill Plyus» MCHJ zavodlarida, shuningdek, Namangan viloyatidagi korxonalarda bo‘lib, u yerda mutaxassislar 2 ta yirik zavodga tashrif buyurishdi – bu «Merrymed Farm» MChJ QK va «SPRING PHARMAEUTIC» MChJ QK.

«Biz O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoati korxonalari bilan tanishdik. Ushbu korxonalarda qaror qabul qiluvchilardan markirovkalashni joriy etishda duch kelgan asosiy muammolarini eshitishga muvaffaq bo‘ldik. Bularning barchasi juda diqqat bilan amalga oshirildi. Demak, bu foydali tajriba. Biz hozirda «Remedy» MChJ, «Remedy Group» MChJ, «TEMUR MED FARM» bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Biz ular bilan ishchi guruh bilan bo‘lgan safarlarimizdan so‘ng qo‘shimcha ravishda yana uchrashdik. Markirovkalash bo‘yicha qanday takliflar berishimiz mumkinligini tasvirlab berdik», — natijalar bilan o‘rtoqlashdi «INSOFTRETAIL» MChJ direktori Dmitriy Panteleyev (Rossiyalik integrator).

Ta’kidlash joizki, integratorlar Pharm Agentligi tomonidan maxsus taklif qilingan. Bu ishlab chiqaruvchilarga turli takliflarni tinglash va o‘zlari uchun eng yaxshi variantni tanlash imkonini berdi. Tizim operatorining so‘zlariga ko‘ra, deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar integratorlar bilan shartnomalar tuzishgan va uskunalar yetkazib berilishini kutishmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, logistika yo‘li 2 oydan 4 oygacha davom etadi. Shuning uchun, ba’zi ishlab chiqaruvchilar markirovkani stikerovka yo‘li bilan boshlashni rejalashtirmoqda.

«Tashriflardan maqsad - ishlab chiqaruvchilarning tayyorgarligini o‘rganish, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni o‘rganish va ularni joyida hal etishdan iborat. Bugungi kunga qadar 75 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar «Asl Belgisi» tizimida ro‘yxatdan o‘tgan. Ular milliy katalog tizimiga dori vositalarini faol kiritishni boshladilar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Katalogda allaqachon 1950dan ortiq dori turlari haqida ma’lumot mavjud. Uchrashuvlar juda yaxshi o‘tmoqda. Har bir uchrashuv oxirida umumiy fikrga kelinmoqda, yechim topilmoqda va integratorlar bir nechta variantlarni taklif qilishmoqda — bu muammolarni joyida hal qilish imkonini beradi. Integrator bir nechta yechimlarni taklif qilishi mumkin — lekin tanlov ishlab chiqaruvchiga bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, hozirda yechimini topib bo‘lmaydigan ishlab chiqarish liniyalari yo‘q!» — deydi «Dori vositalari» MG menejeri Diyor Rasulev. 

«Dori vositalari» MG menejeri Diyor Rasulev

«Ishchi guruh uchrashuvlarining geografiyasi keng. Samarqand shahridagi «Samarkand England Eco-Medical» MChJ QK, Sirdaryo viloyatidagi «TEMUR MED FARM» MCHJ, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi bir qancha yirik sanoat korxonalarida bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu juda muhim uchrashuvlar – davlat raqamli markirovkalashni joriy etish ishlab chiqaruvchilar uchun og‘riqsiz bo‘lishi, ularning ishiga ta’sir qilmasligi, aholini dori vositalari bilan ta’minlashga ta’sir etmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bozor to‘yingan va toza bo‘lishi kerak. Bunda raqamli markirovkalash yordam beradi va qo‘shni davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi buni tasdiqlaydi», — dedi ishchi guruh a’zosi bo‘lgan Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi mutaxassisi Agzam Nartayev.

Ishchi guruh a’zolarining ta’kidlashicha, avval mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan muhokama qilingan muammolar joyida hal etilib, barchasi qayd etilib, takliflar ham bayonnomaga kiritiladi. Guruh tarkibiga kiradigan integratorlar ham yordam va maslahat beradi, ular ishlab chiqarish liniyalari bilan tanishadilar, ularni tekshiradilar hamda o‘z ekspert xulosalarini beradilar, bu ishlab chiqaruvchining noroziligi nima ekanligini va unga qanday yechimlar taklif qilinishi mumkinligini aniq tushunishga yordam beradi.

«Shunday holatlar ham bo‘lganki, ishlab chiqaruvchi uning faoliyati uchun hech qanday yechim yo‘qligini aytgan. Ammo ishchi guruhga tarkibida bo‘lgan integratorlar tufayli ishlab chiqarish liniyalarini tekshirish va boshqa variantlarni joyida taklif qilish mumkin. Bugungi kunga qadar barcha integratorlar barcha ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z yechimlarini aniq taklif qilishdi. «Nika Pharm», «Nobel Pharm Sanoat», «Serena Healthcare», «NAVBAHOR SANOAT» va boshqa yana bir qator ishlab chiqaruvchilar markirovka tizimini boshlashga tayyorligini tasdiqlashdi. Bu ichki bozorni kerakli dorilar bilan bilan ta’minlashda katta ulushga ega bo‘lgan farmatsevtika kompaniyalaridir. Shu sababli ayrimlarning «markirovka joriy etilishi – bozorda dori vositalari defitsitini keltirib chiqaradi» degan fikrlari mutlaqo xato!»— deya qo‘shimcha qildi Diyor Rasulev.

Tizimga start berishga tayyorligi to‘g‘risida Serene Healthcare farmatsevtik kompaniyasi asoschisi va yirik investor Satish Vidjayvargi so‘zlab berdi:

«O‘zbekiston 1 sentyabrdan majburiy markirovkalashni albatta boshlashi kerak, deb hisoblayman – hech qanday kechikish bo‘lmasligi kerak! Bu muhim! Chunki tizim ishlasa, har bir ishlab chiqarish va har bir distribyutor o‘z ishlab chiqarishi, importi, sotilishi, zaxiralari va talabining real raqamlarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Va bu shunchaki tizim masalasi emas — bu odamlar salomatligi masalasidir! Soxta va noqonuniy olib kirilgan dori vositalari, birinchi navbatda, fuqarolar uchun xavf tug‘diradi. Qalbaki dori vositalari tufayli halok bo‘layotganlar bor yoki yo‘qligini bilmaymiz. Shuning uchun, markirovkalashni ishga tushirishni uzaytirish yoki kechiktirish istagi bo‘lmasligi kerak.»

«Xuddi Serene Healthcare tizimni 22 kun ichida ishga tushirganidek, boshqa farmatsevtika kompaniyalari, agar xohlasalar, tezda o‘zlarining ishlab chiqarish liniyalariga markirovkani o‘rnatishlari mumkin! Uskunalar va tizimlar bizning liniyalarimizda allaqachon ishlamoqda. Ba’zi kompaniyalar ta’kidlaganidek, bu yerda hech qanday murakkab narsa yo‘q!» — deya izoh berdi hindistonlik yirik investor Vidjayvargi.

Innovatsion tizimlarni joriy etish ko‘pincha ishlab chiqaruvchilarning savollari bilan birga keladi, va ular uchun har bir yangilik xavf tug‘diradi. Shuning uchun hukumat tizimni birinchi navbatda dori-darmonlar assortimenti miqdoriga ta’sir qilmasligi uchun joriy etishga harakat qilmoqda. Ishchi guruh ishlab chiqaruvchilar tomon yo‘l olganda, ularga signal beriladi – davlat doimo yordam berishga tayyor, muloqotga ochiq, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar va yaqin muloqotlar raqamlashtirishning afzalliklari bilan ularni yaqindan tanishtirish, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal qilishda yordam berish va ishlab chiqaruvchilarni 1 sentyabrga tayyorlash imkonini beradi. 149-sonli VMQga ko‘ra, ikkilamchi qadoqdagi dori vositalari markirovkalanishi kerak. Va yaqin kelajakda aholi salomatligini himoya qilishda samarali vosita – Asl Belgisi mobil ilovasi orqali dorilarni tekshirish imkoniyati har bir fuqaroda paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring