Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Irrigatsiya tizimi xodimi va bank mutaxassisi qo‘lga tushdi

Irrigatsiya tizimi xodimi va bank mutaxassisi qo‘lga tushdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “To‘palang-Qoratog‘” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi suv nazoratchisi A.N. To‘palang daryosi “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli daryo va kanal muhofazasiga tegishli 32 sotix yer maydonini fuqaro S.X.ga 73 500 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 70 ming AQSh dollari va 39 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.Sh. (muqaddam sudlangan) 60 000 AQSh dollari evaziga otasi nomidagi fermer xo‘jaligining 25 sotix yer maydonini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.Yu.ning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib kelishilgan puldan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xatirchi tumani bo‘limi DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi bo‘lib ishlovchi A.Q. otasi A.Q. rahbarligidagi “Ch.O.” fermer xo‘jaligiga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 18,7 gektar yer maydonini fuqaro M.X.ga 200 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 190 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Mirzacho‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.E. (muqaddam sudlangan) fuqaro J.Ye.ga o‘zini fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirib, uning ishonchiga kirib, “A.” MChJga qarashli bo‘lgan “Mirzacho‘l” SIU hududidagi 13 gektar yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini unga dehqonchilik qilish uchun 100 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 56,2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring