IQ-testlar qanday ishlaydi, olim tushuntiradi
1904-yilda angliyalik psixolog Charlz Spirman ayrim aqliy qobiliyatlar o‘rtasida g‘alati bog‘liqlik borligini aniqlaydi. Matematika masalalarini yechish, nutqning ravonligi, keng vizualizatsiya va xotira shular sirasiga kiradi. Statistikaga ko‘ra, «umumiy intellekt» (g) degan tushuncha bor. Biroq u ham ikkiga bo‘linadi.
Umumiy intellektning birinchi toifasi — moslashuvchan intellekt (gf). Formal ta’limga bog‘liq bo‘lmagan bu toifa ko‘proq abstarkt (mavhum) vazifalarni yechishga qodir.
Ikkinchi toifa — kristallangan intellekt (gc). U ko‘proq orttirilgan tajriba, umumiy zakovat va lug‘at boyligida aks etadi.
Olimlarning fikricha, gf (moslashuvchan intellekt) taxminan 20 yoshlarda yuqori cho‘qqisiga chiqadi, keyin pasayishni boshlaydi, vaholanki, ayni chog‘da gc (kristallangan intellekt) barqarorligini saqlab qolib, yoshga yosh qo‘shilgani sayin yaxshilanib boradi. Umumiy intellekt nasldan naslga o‘tishi mumkin.
Umumiy intellekt (g)ni intellekt koeffitsiyenti testlari (IQ) orqali baholash mumkin. IQ-testlarning turlari ko‘p bo‘lib, turli kognitiv qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan. Biroq ularning barchasi bir faktga asoslanadi: agar siz bir aqliy topshiriqni yaxshi uddaladingizmi, unda katta ehtimol bilan boshqalarini ham uddalay olasiz.
IQ miyamizdagi aspektlardan birini o‘lchovchi mezon. Lekin intellektning boshqa turlari ham bor: emotsional intellekt, ratsional fikrlash. Ular insonga to‘g‘ri fikrlash va qarorlar qabul qilish imkonini beradi. IQ darajasi yuqori ko‘p kishilar muvaffaqiyatli, ammo ularning barchasini ham hayotda oqil va ratsional deb bo‘lmaydi, qarorlari har doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter