Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Tafakkur»ga joy yo‘q...mi? Jahongir Ortiqxo‘jayevga ochiq xat yo‘llandi

Toshkentda «Tafakkur»ga joy yo‘q...mi? Jahongir Ortiqxo‘jayevga ochiq xat yo‘llandi

Foto: «Xabar.uz»

Taniqli noshir va jurnalist Alisher Nazar feysbukdagi sahifasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ochiq xat yo‘lladi.

«Bugun o‘zini Katta Adabiyotga, san’atga daxldorman deb biladigan ziyoli odam bitta jurnalni o‘qiydi: «TAFAKKUR»! Shuning uchun ham bu jurnalning adadi kamroq... Bugungi ahvolmizda bundan ortiq bo‘lishi ham mumkin emas. Jurnal Bosh muharriri ko‘zimizga surtgan yozuvchimiz — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam.

Bugun shu jurnalning aniq manzilini kim biladi? Hech kim! Chunki «Tafakkur» yil davomida ko‘hna va navqiron poytaxtni aylanib yuradi. Toshkentdek shahri azimda «Tafakkur»ga muqim bir joy yo‘q! Surishtirib kelsa, shu jurnal millat uchun shohning saroyidek idoralarda oyoq chalishtirib o‘tirgan mafkurachilarning qilayotgan ishidan ko‘proq foydalidir. Lekin buni kim ko‘radi?

«Tafakkur» jurnalining qanchalik qiyin sharoitda nashr qilinayotganini Prezident devonidagilar ham, Vazirlar Mahkamasidagilar ham, sal pastroqdagi idoralar ham yaxshi bilishadi. Bilmasligi mumkin emas! (Agar bilmayotgan bo‘lishsa, bu yanada achinarlidir). Lekin hech biri «hoy, holing qalay?» demaydi. Vaholanki, «Tafakkur» shu xalq uchun, shu millat uchun kerak! Axir «Tafakkur» jurnali darajasidagi nashrlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi.

Shu kichkinagina xatimizni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham o‘qib qolsalar yaxshi bo‘lardi. Milliardlab pullarga Sitilar qurilayotgan bir davrda millat ziyolilarining yuzi bo‘lgan «Tafakkur» jurnali o‘ziga joy topolmay yursa, uyat!», deb yozadi u o‘z murojaatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring