Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 12 bilan sifatli surat tushirishda bellasha oladigan smartfon topildi

iPhone 12 bilan sifatli surat tushirishda bellasha oladigan smartfon topildi

Foto: «YouTube»

DxOMark ekspertlari Asus Zenfone 8 flagmanini sinovdan o‘tkazishdi. Bu smartfon chiqqanidayoq «temir» qismlari va ixchamligi bilan e’tiborga tushgandi.  

Biroq endi, sinab bilishdiki, «zenfon» fotosuratlar olish bobida ham chakki emas. Uncha-munchasidan zo‘r, hatto iPhone 12 bilan bahslasha oladi. Mutaxassislar  Asus Zenfone 8 ning fotosuratlar olish imkoniyatini 120 ball bilan baholashdi, bu iPhone 12 (122 ball) bilan qariyb baravar, Google Pixel 5 (120 ball) bilan teppa-teng va qiziqroq.

Asus Zenfone 8 va boshqa smartfonlarning suratga olish imkoniyatlari ushbu havolada batafsil solishtirilgan.

Asus Zenfone 8 smartfonida asosiy qo‘shkamera o‘rnatilgan. Bosh modul — Sony IMX 686 (64 megapiksel). Uni keng burchakli optikaga ega 12 megapikselli Sony IMX 363 to‘ldiradi.

Kameraning ijobiy jihatlari sifatida yaxshi balans, ranglar uzatilishi va oq rang balansi sanalgan. Biroq aksariyat suratlarda ekspozitsiya barqaror emasligi, yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda avtofokusning imillab ishlashi kabi minuslar ham yo‘q emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring