Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Instabloger qiz yana javobgarlikka tortildi

Instabloger qiz yana javobgarlikka tortildi

Samarqanddagi kafelarning birida ikki nafar qiz pul sochib, oyoqlari bilan o‘zbek milliy valyutasini bosib, uni qadrsizlantirganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan tungi klublarning biri sodir bo‘lgan voqea ishtirokchilari asli Toshkent viloyatidan bo‘lgan instabloger ekani  ma’lum bo‘lgan.

Ushbu instabloger  bundan 1 oycha avval behayo rasm va videolarni tarqatgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jamoziga hukm qilinib, 4 sutka jazoni o‘tagan edi.

Kafeda ishlaydigan xodimning aytishicha, o‘sha kuni 2 nafar qiz kafega kelib, tamaddi qilishgan. Ularning o‘zlari o‘zini ustidan pul sochib tasvirga olishgan.

Instabloger esa kafeda noto‘g‘ri ish qilmaganini, fuqarolarning pul sochishini videoga olib ko‘rsatib berganini aytgan.

JIB Samarqand shahar sudining hukmiga ko‘ra har ikkala huquqbuzarga BHMning 3 baravarida jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring