NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati erkinligi kafolatlarini mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qonunchilikni yanada takomillashtirish zarurati vujudga kelmoqda.
Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Jumladan, kodeksning 197-moddasi prim 8-modda bilan to‘ldirilmoqda.
Bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish BHMning 7 baravaridan xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 15 barobarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, kodeks 198-7-modda bilan to‘ldiriladi. Unga ko‘ra, jamoatchilik nazorati sub’yektlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tayyorlangan yakuniy hujjatni belgilangan muddatda ko‘rib chiqmaslik mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter