Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyaga kuchli sunami yopirildi: qurbonlar 384 nafar (video)

Indoneziyaga kuchli sunami yopirildi: qurbonlar 384 nafar (video)

Foto: «Habar7.com»

Indoneziyaning Sulavesi orolida sodir bo‘lgan 7,5 balli zilzila va uning ortidan kuzatilgan sunami sababli halok bo‘lganlar soni 384 nafarga yetdi. Bu haqda «Haber7.com» nashri xabar bermoqda. 350dan ziyod kishi yaralangan, yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan.

Aytilishicha, mahalliy hukumat zilziladan so‘ng sunami xavfini bekor qilgan. Ammo ko‘p o‘tmay orolga kuchli sunami yopirilgan. Tabiiy ofat sodir bo‘lgan hududda elektr energiyasida uzilishlar ro‘y bergan. Voqea joyida 1400 nafar qidiruv-qutqaruv xodimi ish olib boryapti.

Donggala shahridan 27 kilometr shimoliy-g‘arbda, yerning 10 kilometr qa’rida yuzaga kelgan zilzila tufayli 3 metrli sunami to‘lqinlari paydo bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring