Indoneziya turizm sohasi vakillari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Jakarta shahriga xizmat safari davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jumladan, Indoneziya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ASITA) raisi N.Rusmiati, «Aldo Holidays» sayyohlik kompaniyasi direktori J.Samolangom, Indoneziya Ulamolar Kengashi raisi vakili, «Fayyash Travel & Tours» kompaniyasi rahbari A.Sisvandi, Islomiy turizm tadqiqotlar markazi A.Ubaydullah bilan muzokaralarda ziyorat turizmi va «Umra+» yo‘nalishida Indoneziyadan sayyohlar oqimini oshirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikda respublikadagi turistik marshrut va xizmatlarni takomillashtirish, Indoneziyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter