Indoneziyada toshqinlar va ko‘chkilar 27 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasida kuchli yomg‘ir suv toshqinlari va ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Sinoptiklar noqulay ob-havo yil oxirigacha davom etishini aytishmoqda, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda.
Sky News xabariga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 27 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.
Indoneziya aholisi 17 mingdan ziyod orollarda yashaydi, oktyabrdan martgacha davom etuvchi yomg‘ir mavsumida suv toshqinlari va ko‘chkilar sababli tog‘li hududlarda millionlab insonlar hayoti xavf ostida qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter