Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Indoneziyaning Yava oroli qirg‘oqlarida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, natijada kamida 10 kishi jabrlandi, bir kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Indoneziyaning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy kengashi xabar berdi.
Yer silkinishlari Markaziy Yava provinsiyasida yuzlab uylar, idoralar, tibbiyot va ta’lim muassasalariga zarar yetkazdi. Bir kishi yurak xuruji natijasida vafot etdi.
Indoneziya Geofizika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila 25 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter