Indoneziyada ikki xudkush portlash sodir etdi
Indoneziyaning Janubiy Sulavesi viloyatining Makassar shahridagi cherkov oldida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabarlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, portlash natijasida 14 kishi jarohatlangan.
Xabar berilishicha, ikki xudkush o‘zlarini katolik cherkovi sobori oldida portlatgan. Politsiya tergov ishlarini boshladi, deb xabar bermoqda ANTARA.
Avvalroq Kolumbiyadagi shahar meriyasi binosi oldida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter