Indoneziya prezidenti barcha urushlarni to‘xtatishga chaqirdi
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo xalqaro hamjamiyatni farovon va tinch kelajakka erishish uchun barcha urushlarni to‘xtatishga chaqirdi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, G20 sammitining «Bir oila» deb nomlangan ikkinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida Vidodo Indoneziyaning dunyo mamlakatlari ideal «oila»si haqidagi qarashlari haqida gapirdi. Uning fikricha, bunday oila farovon va osoyishta hayotni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi kerak.
«Biz urushlarni to‘xtatishimiz, xalqaro normalarga qat’iy rioya qilishimiz va birgalikda ishlashimiz kerak», deb tushuntirgan siyosatchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter