Ilhom Aliyev parlamentni tarqatib yubordi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev parlamentni tarqatib yubordi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 6-chaqiriq Milliy Majlisni tarqatib yuborish va navbatdan tashqari parlament saylovlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi Report.az.
Muddatidan oldin parlament saylovlari 2024-yil 1-sentyabrga belgilangan.
27-iyun kuni Konstitutsiyaviy sud Plenumining majlisida Milliy Majlisni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylov tayinlash Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter