Ikkinchi to‘lqinmi? Xitoyda kecha 66 kishida koronavirus qayd etildi

Kecha Xitoyda 66 kishida koronavirus aniqlandi, shundan 9 nafari virusni simptomsiz tashuvchilardir. O‘lim holatlari qayd etilmagan, ikki nafar bemor sog‘aygan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi 57 holatning 38 tasi mahalliy aholi orasida (shuning 36 tasi poytaxt Pekinda) aniqlangan, 17 tasi chetdan kelganlarda qayd etilgan (Guandun provinsiyasida — 17 ta, Shanxay va Chunsinda bittadan holat).
Katta Xitoy (qit’a)da shu paytgacha koronavirus holatlari jami 83 132 taga yetdi, shulardan 78 369 nafari davolanib chiqqan, qurbonlar — 4634 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter