Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijara shartnomasi tuzishingiz kerakmi? Yangi yildan notariusga emas, soliqqa borasiz

Ijara shartnomasi tuzishingiz kerakmi? Yangi yildan notariusga emas, soliqqa borasiz

Foto: «Norma»

2019-yilning 1-yanvaridan boshlab ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bo‘yicha talab bekor bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Mutaxassislar yangi yildan boshlab ijara shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yish kerakligini aytishmoqda. Agarda ijaraga beruvchilar ijara shartnomasini hisobga qo‘ymasa, jarimaga tortiladi. Jarima miqdori eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha.

Uy-joyini tekin foydalanishga berganlarga bu so‘zlar tegishli emas, ular soliq idorasida hisobga qo‘yilmaydi. Jismoniy shaxslar o‘rtasidagi uy-joyning ijara shartnomasi ijara beruvchining DSQ veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali onlayn hisobga qo‘yiladi. Xohishga ko‘ra buning uchun ijaraga beruvchining doimiy yashash manzilidagi (yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan joydagi) yoki ijaraga berilayotgan uy-joy joylashgan joydagi soliq organlariga bevosita murojaat qilish mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish real vaqt rejimida, shaxsan murojaat qilinganda – «qog‘oz» ariza taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasining soliq organlarida 1 yildan ortiq muddatga hisobga qo‘yilishi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu tariqa, 1 yilgacha muddatga tuzilgan shartnomalar faqat soliq organlarida hisobga qo‘yiladi. 1 yildan ortiq muddatga tuzilganlari esa – soliq organlarida hisobga qo‘yilish bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Eng muhimi, ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring