IIV ikki nafar jangari qo‘lga olinganini ma’lum qildi
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan – 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan 2 nafar fuqaro xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Mazkur fuqarolar xorijiy davlatlarda mavsumiy ishlashi davomida Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan va ularning ta’sirida 2021 yilning avgust oyida Suriya Arab Respublikasi hududiga o‘tib, «Tavxid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.
Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida ushbu shaxslar xorijiy davlatlarning birida qo‘lga olinib, yurtimizga olib kelindi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Internet tarmog‘idan foydalanish va xorijda bo‘lish davomida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining din niqobi ostidagi soxta da’vatlariga aldanib qolmasliklaringizni so‘raymiz. Shuningdek, sizda shubha tug‘dirgan Telegram guruhlariga a’zo bo‘lishdan asranishni maslahat beramiz», deyiladi IIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter